Tuguncha uslubidagi soch turmaklari yuzni to‘liq ochib berishi sabab kelin obrazidagi eng e’tiborli detallardan biri hisoblanadi. Shu sabab tanlovda faqat soch turi emas, balki yuz shakli, bo‘yin uzunligi va yelka proporsiyasi ham albatta hisobga olinishi kerak.
Umuman olganda, deyarli barcha tuguncha uslublari oval yuz shakliga juda mos tushadi. Chunki oval yuz mutanosib proporsiyaga ega bo‘lgani uchun deyarli har qanday soch turmagini bemalol ko‘tara oladi. Lekin to‘g‘ri tanlov bilan boshqa yuz shakllarida ham juda nafis va muvozanatli obraz yaratish mumkin.
Yuz chiziqlari maydaroq kelinlarga esa sochni to‘liq ochiq qoldirishdan ko‘ra yig‘ilgan variantlar tavsiya qilinadi. Ayniqsa yelkasi tor kelinlarda tuguncha yuzni yanada ajratib ko‘rsatib, qomatni nafisroq qiladi.
Professional stilist odatda yuz proporsiyasini hisobga olib, tugunchaning balandligi, hajmi va tarqoqlik darajasini shunga moslab tanlaydi.
Tepada yig‘ilgan tuguncha (yuqori tuguncha)
Yuqori tugunchalar eng mashhur kelin soch turmaklaridan biri hisoblanadi. Soch tepada yig‘ilgani sabab yuz vizual ravishda uzunroq va nozikroq ko‘rinadi.
Bunday uslub ayniqsa:
oval yuz shakliga ega
bo‘yi pastroq
bo‘yni qisqaroq
yuz chiziqlari nozik kelinlarda juda chiroyli ko‘rinadi.
Masalan, silliq balerina tugunchasi bo‘ynini uzunroq ko‘rsatadi va zamonaviy minimalistik obraz yaratadi. Agar yuz kichikroq bo‘lsa, qattiq yig‘ilgan tuguncha yuz chiziqlarini yanada yaqqol qiladi.
Jag‘ chizig‘i kattaroq kelinlar uchun esa biroz hajmli yuqori tugunchalar proporsiyani muvozanatlashtirishga yordam beradi.
Tarqoq yuqori tuguncha
Biroz hajmli va yengil tarqoq tugunchalar ayniqsa hashamatli kelinliklar bilan juda chiroyli uyg‘unlashadi. Ko‘pincha mehmonxona to‘ylari va dabdabali zallarda tanlanadi, chunki ular obrazga romantik va ta’sirli kayfiyat beradi.
Muhimi — tarqoqlik tabiiy va nazoratli ko‘rinishi, soch esa yuzni to‘liq yopib yubormasligi kerak.
O‘rimli yuqori tuguncha
O‘rim detallari bilan boyitilgan tugunchalar juda nozik va romantik ko‘rinadi. Ayniqsa peshona sochi yoki yuz atrofidagi mayin pradjalar bilan juda tabiiy chiqadi.
Bunday uslub boho va yunoncha uslubdagi kelinliklar bilan mukammal uyg‘unlashadi hamda ochiq havodagi to‘ylar uchun ideal variantlardan biri hisoblanadi.
Ensada yig‘ilgan tuguncha (past tuguncha)
Past tugunchalar ayniqsa to‘rtburchak yuz shakliga ega kelinlarda juda chiroyli ko‘rinadi. Ular yuz chiziqlarini yumshatadi va obrazga elegant kayfiyat beradi.
Agar jag‘ kichikroq bo‘lsa, yuqori qismida yengil hajm berilgan silliq past tuguncha proporsiyani muvozanatlashtirishga yordam beradi.
Past tugunchalar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Silliq
yengil erkin
Tarqoq
qattiq yig‘ilgan
hajmli
Ayniqsa fata tuguncha ostidan mahkamlanganda juda klassik va nafis ko‘rinadi.
Silliq past tuguncha
Minimalizm va vaqt o‘tishi bilan ham urfdan qolmaydigan estetika yoqadigan kelinlar uchun ideal variant.
zamonaviy va sodda kelinliklar bilan qattiq silliq tugunchalar
romantik va boho uslublar bilan esa yengilroq va erkinroq tugunchalar juda yaxshi uyg‘unlashadi.
Tabiiy makiyaj bilan birga bu uslub ayniqsa qimmat va sofistikatsiyalashgan ko‘rinadi.
Qattiq past tuguncha
Minimalistik kelin sochlari orasida eng mashhur variantlardan biri.
U ayniqsa quyidagi yopiq yoqali kelinliklar bilan juda mos tushadi:
tik yoqa
Halter
qayiq yoqa
Yuz to‘liq ochilgani sabab bu uslub oval yuz shaklida ayniqsa chiroyli ko‘rinadi.
Tarqoq past tuguncha
Romantik va tabiiy obrazni xohlaydigan kelinlar orasida juda mashhur variant.
Ayniqsa orqasi ochiq kelinliklar bilan juda ayollarga xos va nafis ko‘rinadi, chunki bo‘yin va ensa ochilib qoladi.
Bunday uslubni mayin aksessuarlar va minimalist qisqichlar bilan to‘ldirish eng yaxshi variant bo‘ladi.
Hajmli tugunchalar
Yuqori qismiga hajm berilgan tugunchalar ayniqsa dumaloq yuz shakliga ega kelinlar uchun tavsiya qilinadi. Qo‘shimcha balandlik yuzni vizual ravishda uzunroq qilib ko‘rsatadi va siluetni nafislashtiradi.
Yon tomondagi tuguncha
Yon tomonga yig‘ilgan tugunchalar kvadrat yuz shaklidagi kelinlarda yuz chiziqlarini yumshatadi va obrazni yanada romantik qiladi.
Bunday uslub:
yuzni yumshoqroq ko‘rsatish
romantik kayfiyat qo‘shish
yuzni kichikroq ko‘rsatish uchun juda yaxshi variant hisoblanadi.
Yon tugunchalar silliq, tarqoq, o‘rimli yoki gullar bilan bezatilgan bo‘lishi mumkin.
Gulli yon tuguncha
Bahor va yoz to‘ylari, ayniqsa dala yoki plyaj marosimlarida gulli tugunchalar juda romantik ko‘rinadi.
Yengil va uchuvchi matoli kelinliklar bilan birga ular juda tabiiy va nafis atmosfera yaratadi.
O‘rimli yon tuguncha
Boho va vintage uslubini yoqtiradigan kelinlarning eng sevimli variantlaridan biri. Ayniqsa qatlamli sochlarda bir vaqtning o‘zida ham tartibli, ham romantik ko‘rinadi.
Tarqoq tugunchalar
So‘nggi yillarning eng trend kelin soch turmaklaridan biri. Ayniqsa o‘rimlar bilan birga juda romantik kayfiyat beradi.
Lekin bunday uslubning o‘zi yetarlicha e’tiborli bo‘lgani sabab:
katta uzun sirg‘alar
juda yirik soch aksessuarlari dan voz kechgan ma’qul.
Tarqoq tugunchalar ayniqsa:
Strapless
ochiq yelkali
ingichka breteleli kelinliklar bilan juda yaxshi uyg‘unlashadi.
Tik yoqa yoki qayiq yoqa kabi yopiq fasonlarda esa obraz biroz og‘ir ko‘rinishi mumkin.
O‘rimli tugunchalar
Boho va yunoncha uslubning eng yorqin ramzlaridan biri.
Ayniqsa:
l ochiq havodagi to‘ylar
l dala hovlidagi marosimlar
l plyaj to‘ylari uchun juda mos variant hisoblanadi.
Gullar romantik kayfiyat bersa, toshli aksessuarlar vintage ruhini kuchaytiradi.
Balerina tugunchasi
Zamonaviy nafislik va minimalizmni yoqtiradigan kelinlar uchun eng ideal variantlardan biri.
Bu uslub boshning o‘rta qismida joylashadi va ayniqsa:
yuzi kichik
oval yuz shakliga ega
nozik yuz chiziqli kelinlarda juda mukammal ko‘rinadi.
Agar yuz kengroq bo‘lsa, yuz atrofida bir nechta mayin pradjalar qoldirish uni vizual ravishda ingichkaroq ko‘rsatishga yordam beradi.
Tugunchalar qaysi yoqalar bilan mos tushadi?
Kelinlikning yuqori qismi qanchalik yopiq bo‘lsa, soch ham shunchalik yig‘ilgan bo‘lishi tavsiya qilinadi.
Yopiq yoqalar bilan:
tik yoqa
Halter
qayiq yoqa
uchun silliq va tartibli tugunchalar eng yaxshi variant bo‘ladi.
Ochiq yoqalar bilan:
Strapless
kvadrat yoqa
V shaklidagi yoqa
U shaklidagi yoqa
bilan esa erkinroq va hajmliroq tugunchalarni bemalol tanlash mumkin.
Tuguncha uchun aksessuarlarni qanday tanlash kerak?
Aksessuar tanlashda to‘y formati va taqinchoqlarni birgalikda hisobga olish kerak.
Ochiq havodagi to‘ylar uchun:
gulli qisqichlar
tabiiy tojlar
minimalist aksessuarlar
yanada uyg‘un ko‘rinadi.
Mehmonxona va banket zallari uchun:
toshli qisqichlar
kristalli tojlar
yaltiraydigan aksessuarlar
obrazni yanada hashamatli qiladi.
