To‘y obrazining eng muhim qismlaridan biri — bu albatta kelin sochi. Lekin shunchaki trenddagi modelni tanlashning o‘zi yetarli emas. Soch turmagi aynan yuz shakliga mos tushgandagina obraz haqiqatan ham nafis, muvozanatli va ta’sirli ko‘rinadi.
Professional stilistlar ham birinchi navbatda trendga emas, aynan yuz proporsiyalariga qaraydi. Asosiy maqsad — yuz chiziqlarini muvozanatlashtirish va shaklni ideal hisoblangan oval ko‘rinishga yaqinlashtirish.
Xo‘sh, qaysi yuz shakliga qanday kelin sochi mos tushadi? Quyida eng to‘g‘ri variantlarni ko‘rib chiqamiz.
Oval yuz uchun kelin sochlari
Oval yuz shakli stilistlar orasida eng universal va eng qulay yuz turi hisoblanadi. Deyarli barcha turdagi soch turmaklari bu shakl bilan yaxshi ishlaydi.
Oval yuz qanday bo‘ladi?
yuz uzunligi enidan biroz kattaroq bo‘ladi;
yuz chiziqlari yumshoq ko‘rinadi;
peshona va iyak proporsiyasi muvozanatli bo‘ladi.
Qanday soch turmaklari mos tushadi?
Agar sizda oval yuz bo‘lsa, juda omadlisiz. Chunki deyarli hamma variant yarashadi:
kokillar;
Hollywood to‘lqinlari;
ponytail;
yoyilgan jingalaklar;
yarim yig‘ilgan modelllar;
yumshoq to‘lqinlar.
Eng muhimi — yuzni butunlay soch bilan yopib yubormaslik. Yuzni ochib turadigan modelllar ancha ta’sirli ko‘rinadi.
Dumaloq yuz uchun kelin sochlari
Dumaloq yuzda asosiy vazifa — yuzni vizual cho‘zish va ingichkaroq ko‘rsatish.
Dumaloq yuz belgilari
yuz uzunligi va eni bir-biriga yaqin;
yonoqlar to‘laroq;
yonoq suyaklari yumshoqroq ko‘rinadi.
Qanday soch turmaklari mos?
Dumaloq yuz uchun ayniqsa yaxshi ishlaydi:
yon tomonga ajratilgan sochlar;
messy kokillar;
yuz oldida qoldirilgan ingichka tutamlar;
ensa qismidagi hajm.
Juda silliq va qattiq yig‘ilgan sochlardan qochgan ma’qul. Chunki ular yuzning dumaloqligini yanada ko‘rsatib qo‘yadi.
Yumshoq va harakatli modelllar esa yuzni vizual uzunroq va nafisroq ko‘rsatadi.
Yuraksimon yuz uchun kelin sochlari
Bu yuz turida yuqori qism kengroq, iyak esa ingichkaroq bo‘ladi.
Shu sabab soch turmagining vazifasi — pastki qismga muvozanat qo‘shish.
Yuraksimon yuz qanday ko‘rinadi?
keng peshona;
ingichka iyak;
yuz pastga qarab torayadi.
Eng mos soch turmaklari
Quyidagilar juda yaxshi tushadi:
yumshoq to‘lqinlar;
yarim yig‘ilgan sochlar;
tabiiy yon ajratmalar;
tepada yengil hajm.
Juda silliq va qattiq kokillardan qochgan ma’qul. Chunki ular peshonani yanada kengroq ko‘rsatishi mumkin.
Kvadrat yuz uchun kelin sochlari
Bu yerda asosiy maqsad — yuzdagi keskin va qattiq chiziqlarni yumshatish.
Kvadrat yuz belgilari
yuz uzunligi va eni bir-biriga yaqin;
iyak chizig‘i aniq;
yuz chiziqlari grafik va keskinroq ko‘rinadi.
Qanday soch turmaklari mos?
Kvadrat yuz uchun ideal variantlar:
yumshoq jingalaklar;
to‘lqinli sochlar;
qatlamli modelllar;
messy kokillar;
yon tomonga hajm berilgan turmaklar.
Yumshoq tekstura yuzni yanada romantik va nafis ko‘rsatadi.
Uzun va to‘rtburchak yuz uchun kelin sochlari
Bu holatda asosiy maqsad — yuzni biroz qisqaroq va kengroq ko‘rsatish.
Uzun yuz belgilari
yuz uzunligi enidan ancha katta;
yuz ingichkaroq ko‘rinadi;
peshona va iyak cho‘zilgan bo‘lishi mumkin.
Eng mos variantlar
Ayniqsa yaxshi ishlaydi:
yon tomondagi hajm;
jingalaklar;
to‘lqinli sochlar;
past messy kokillar;
челкаli modelllar.
Lekin tepa qismda juda katta hajm qilish tavsiya etilmaydi. Bu yuzni yanada uzunroq ko‘rsatadi.
Kelin sochini tanlashda yana nimalar muhim?
Faqat yuz shakli emas, quyidagilar ham muhim:
bo‘yin uzunligi;
yelka proporsiyasi;
iyak shakli;
burun tuzilishi;
umumiy proporsiyalar.
Bo‘yin va yelka
Agar bo‘yin qisqa va yelkalar tor bo‘lsa:
sochni yig‘ish;
tepada hajm berish tavsiya qilinadi.
Bu bo‘ynni vizual uzunroq va nafisroq ko‘rsatadi.
Iyak shakli
kattaroq iyakda hajmli sochlar yaxshi ishlaydi;
kichik iyakda esa pastroq va ixcham kokillar muvozanatliroq ko‘rinadi.
Burun
Burunni vizual kichikroq ko‘rsatish uchun:
boshning orqa o‘rta qismida hajm yaratish tavsiya qilinadi;
messy kokillar bu borada ayniqsa yaxshi ishlaydi.
Ichki va tashqi yuz proporsiyasi balansi
Professional stilistlar faqat umumiy yuz shakliga emas, balki yuzdagi ichki proporsiyalarga ham qaraydi.
Agar yuz chiziqlari mayda bo‘lsa
Og‘ir челка yoki yuzni yopadigan sochlardan qochgan ma’qul.
Eng yaxshi variantlar:
ochiq peshona;
yengil soch turmaklari;
yuzni ochib turadigan modelllar.
Agar yuz chiziqlari yirikroq bo‘lsa
Quyidagilar yaxshi ishlaydi:
yon ajratmalar;
yumshoq tutamlar;
yuz atrofidagi uzun elementlar.
Keng yuz uchun
Yuzni ingichkaroq ko‘rsatish uchun:
ikki tomondan tushirilgan ingichka tutamlar;
vertikal chiziq effekti beradigan yumshoq turmaklar juda foydali bo‘ladi.
