To‘y kunidagi eng hayajonli va ta’sirli lahzalardan biri — bu albatta zalga ilk kirib kelish onidir. Aynan shu paytda barcha nigohlar sizga qaratiladi va tanlangan musiqa butun atmosferani o‘zgartirib yuborishi mumkin. Kayfiyat, energiya, emotsiya — hammasi birgina qo‘shiq bilan boshqacha tus oladi.
Shu sabab to‘yga kirish musiqasini tanlash oddiy detal emas, balki butun to‘y atmosferasini belgilab beradigan eng muhim qismlardan biri hisoblanadi.
Kimdir romantik va hayajonli chiqishni orzu qiladi, boshqalar esa zalga energiya bilan kirib kelishni xohlaydi. Yana kimdir nostaljik qo‘shiqlarsiz to‘yni tasavvur qilolmaydi, ayrim juftliklar esa klassik musiqaning nafisligidan voz kecha olmaydi. Qanday uslubni yoqtirishingizdan qat’i nazar, to‘g‘ri tanlangan musiqa oddiy chiqishni haqiqiy kino sahnasiga aylantirishi mumkin.
Quyida turli uslub va kayfiyatlarga mos eng chiroyli to‘yga kirish musiqalari jamlangan.
Energetik to‘yga kirish musiqalari
Agar to‘yni yuqori kayfiyatda boshlashni va mehmonlarni birinchi daqiqalardanoq energiyaga to‘ldirishni istasangiz, harakatli qo‘shiqlar ideal tanlov bo‘ladi.
Bunday musiqalar ayniqsa:
zamonaviy restoran to‘ylari;
party-style formatdagi marosimlar;
energiyali va raqsni yaxshi ko‘radigan juftliklar uchun juda mos.
Mashhur variantlar:
Uptown Funk
Marry You
Celebration
Hips Don't Lie
Livin' la Vida Loca
Bu qo‘shiqlar ostida oddiy kirib kelish emas, haqiqiy mini-show qilish mumkin. Va ha, mehmonlar shu zahoti bugungi oqshom zerikarli bo‘lmasligini tushunib olishadi.
Romantik to‘yga kirish musiqalari
Agar yanada hissiyotli va ta’sirli atmosfera yaratishni istasangiz, romantik qo‘shiqlar har doim eng to‘g‘ri variantlardan biri bo‘lib qoladi.
Ayniqsa kirish musiqasi birinchi raqs qo‘shig‘i bilan uyg‘unlashsa, atmosfera yanada sehrli chiqadi.
Romantik qo‘shiqlar:
All of Me
Only Time
The Book of Love
Your Song
Nothing Else Matters
Bunday musiqalar ayniqsa yorug‘ligi yumshoq va romantik atmosfera yaratilgan zallarda juda ta’sirli eshitiladi.
Xorijiy to‘yga kirish qo‘shiqlari
Hozir ko‘plab juftliklar aynan xorijiy qo‘shiqlarni tanlashmoqda. Zamonaviy hitlar va klassik treklar kombinatsiyasi to‘yga juda stilniy kayfiyat beradi.
Bunday qo‘shiqlar ayniqsa modern va yevropacha uslubdagi to‘ylarga juda mos tushadi.
Mashhur variantlar:
Beautiful Day
I Gotta Feeling
Crazy In Love
She's The One
Truly Madly Deeply
Bu treklar romantika va energiyani birlashtirmoqchi bo‘lgan juftliklar uchun juda yaxshi variant hisoblanadi.
Nostaljik to‘y musiqalari
Agar to‘yga iliq va “o‘sha eski chiroyli atmosfera”ni qo‘shishni istasangiz, vaqt sinovidan o‘tgan qo‘shiqlar aynan siz uchun.
Ayniqsa mehmonlar ham birga kuylashi mumkin bo‘lgan treklar to‘y kayfiyatini yanada samimiy qiladi.
Nostaljik favoritlar:
Can't Help Falling in Love
Stand by Me
My Way
Can't Take My Eyes Off You
The Time of My Life
Bunday qo‘shiqlar vintage uslubidagi to‘ylarga juda mos tushadi va marosimga o‘zgacha iliqlik beradi.
Instrumental va so‘zsiz to‘y musiqalari
Agar yanada nafis, sokin va emotsional atmosfera istasangiz, instrumental musiqalar mukammal variant bo‘lishi mumkin.
Ayniqsa nikoh marosimlari va birinchi raqs oldidan bunday qo‘shiqlar juda ko‘p tanlanadi.
Mashhur instrumental treklar:
River Flows in You
La Valse d'Amélie
Fix You
Chasing Cars
Bu musiqalar ayniqsa romantik restoran to‘ylari va kechki marosimlarda juda chiroyli atmosfera yaratadi.
Klassik to‘yga kirish musiqalari
Hashamatli va tantanali to‘y rejalashtirayotgan juftliklar uchun klassik musiqa har doim актуал bo‘lib qoladi.
Bunday asarlar to‘yga darhol ulug‘vorlik, nafislik va kino sahnasiga o‘xshash kayfiyat beradi.
Klassik variantlar:
Canon in D
Wedding March
Air on the G String
Waltz No. 2
Boléro
Klassik musiqa ayniqsa:
tarixiy joylarda;
hashamatli mehmonxonalarda;
katta banket zallarida juda ta’sirli eshitiladi.
To‘g‘ri tanlangan klassik musiqa bilan hatto oddiy zalga kirish ham go‘yo romantik filmning eng chiroyli sahnasidek ko‘rina boshlaydi.
