To‘y suratlari va unga tayyorgarlik davomida o‘tgan oylar — eng qadrli xotiralardan biridir. Shu sababli fotograf tanlovi to‘yning o‘zi kabi muhim hisoblanadi. Yaxshi fotograf nafaqat qanday turishni aytadi, balki o‘sha lahzaning kayfiyati, hissiyotlari va samimiy tuyg‘ularini ham kadr orqali yetkaza oladi.
To‘y fotografidan nimalarni so‘rash kerak?
l Qanday formatdagi suratga olish xizmatlarini taklif qilasiz? (love story, to‘y klipi, save the date va boshqalar)
l Suratga olish qancha davom etadi?
l Fotosessiya qayerda bo‘lib o‘tadi? Oldin ushbu lokatsiyada ishlagansizmi?
l Suratga olish joyini o‘zimiz tanlashimiz mumkinmi?
l Yomon ob-havo uchun qoshımcha rejangiz bormi?
l Jamoada nechta odam ishlaydi? Qoshımcha texnikangiz bormi?
l Konseptual fotosessiyalar qilasizmi? Qanday g‘oyalarni tavsiya eta olasiz?
l Nechta surat topshiriladi va ular qachon tayyor bo‘ladi
l Albom va bosma suratlar sifati qanday?
l Suratlar raqamli formatda topshiriladimi yoki chop etilgan holdami
l To‘lovning qanday variantlari mavjud? Albom narxga kiradimi?
To‘y fotosessiyasi narxiga nimalar ta’sir qiladi?
Narxlar bir nechta omillarga qarab sezilarli farq qilishi mumkin:
l fotografning tajribasi va mashhurligi;
l suratga olish davomiyligi (bir necha soat yoki butun kun)
l paket tanlovi: faqat foto yoki foto + video;
l videotasvir formati (klip, qisqa film yoki hujjatli uslub);
l to‘y albomining hajmi va sifati;
l retush va ishlov berilgan suratlar soni.
Chiroyli to‘y suratlari uchun tavsiyalar
l O‘zingizni erkın tutıng — eng chiroyli kadrlar doimo samimiy chiqqanlari bo‘ladi.
l Konseptual fotosessiyalar uchun aksessuar va detallarni diqqat bilan tanlang.
l Imkon qadar tabiiy yorug‘likdan foydalaning.
l Qomat va tana harakatlariga e’tibor bering — bu kadr sifatiga katta ta’sir qiladi.
l Eng muhimi — uslubi sizga haqiqatan ham mos keladigan fotografni tanlash.
l Fotografning avvalgi ishlari va mijozlar fikrlarini albatta ko‘rib chiqing.
