To‘y fotografini tanlash — to‘yga tayyorgarlikdagi eng muhim bosqichlardan biri. Aynan surat va videolar sizning eng baxtli kuningiz xotiralarini yillar davomida saqlab qoladi.
Ammo ko‘plab fotograf va studiyalar orasidan aynan sizga mos jamoani qanday tanlash mumkin? Nimalarga e’tibor berish va qaysi savollarni oldindan muhokama qilish kerak?
Siz uchun to‘g‘ri tanlov qilishga yordam beradigan 10 ta muhim savolni jamladik.
1. Qaysi formatdagi suratga olish xizmatlarini taklif qilasiz?
Avvalo, sizga qaysi uslub yaqinroq ekanini aniqlab oling. Har bir fotografning o‘ziga xos yo‘nalishi va ishlash uslubi bo‘ladi.
Masalan:
To‘y reportaji
Tabiat qo‘ynidagi fotosessiya
Kelin-kuyov portret suratga olishi
To‘y videoklipi
Trash the Dress syomkası
Save the Date suratga olishi
Fotograf bilan uchrashishdan oldin juftingiz bilan qaysi format sizga ko‘proq yoqishini oldindan muhokama qilib olganingiz ma’qul.
2. Qaysi lokatsiyalarda suratga olasiz?
Chiroyli fotosessiya uchun joy juda katta ahamiyatga ega.
Shu sabab quyidagilarni albatta so‘rang:
Fotograf avval qaysi joylarda ishlagan
Qiziqarli lokatsiyalar tavsiya qila oladimi
Siz tanlagan joyda ishlashga tayyormi
Tajribali jamoalar ko‘pincha juftliklarga kreativ g‘oyalar va atmosfera beradigan joylarni ham tavsiya qiladi.
3. Jamoada nechta odam ishlaydi?
Sifatli to‘y suratga olishi odatda jamoaviy ish hisoblanadi.
Bir nafar fotograf yetarli tuyulishi mumkin, ammo:
Assistentlar
Qo‘shimcha operatorlar
Yordamchi xodimlar
jarayonni ancha qulay va samarali qiladi.
Bu orqali ko‘proq emotsiyalar, rakurslar va muhim lahzalarni ushlab qolish mumkin bo‘ladi.
4. Qanday texnikadan foydalanasiz? Qo‘shimcha uskunangiz bormi?
Yaxshi texnika surat va videoning sifatiga bevosita ta’sir qiladi.
Shu sabab quyidagilarni so‘rashni unutmang:
Qaysi kamera va obyektivlardan foydalaniladi
Yorug‘lik uskunalari bormi
Dron orqali suratga olish xizmatlari mavjudmi
Texnika nosozligi uchun qoshımcha uskunalar bormi
Chunki texnikadagi nosozliklar to‘y kuni jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
5. Suratga olishda aksessuarlardan foydalanish mumkinmi?
Ba’zi fotograflar tabiiy va jonli kadrlarga urg‘u bersa, boshqalari kreativ va sahnalashtirilgan konseptlarni yoqtiradi.
Suratga olish jarayonida quyidagilar ishlatilishi mumkin:
Sharlar
Ko‘zoynaklar
Shlyapalar
Niqoblar
Gullar
Tematik dekorlar
Shu sabab suratga olish uslubini oldindan muhokama qilib olish foydali bo‘ladi.
6. Barcha suratlarni topshirasizmi?
Bu masalaga oldindan aniqlik kiritish muhim.
Ba’zi fotograflar barcha kadrlarni topshiradi, ayrimlari esa faqat saralangan suratlarni beradi.
Buni albatta oldindan so‘rab olish kerak boladı:
Yakunda nechta surat olasiz
Suratlarni kim tanlaydi
Original yoki muvaffaqiyatsiz kadrlar ham beriladimi
Bu keyinchalik noqulay holatlarning oldini oladi.
7. Materiallarni qanday va qancha muddatda topshirasiz?
Materiallarni topshirish formati va muddati ham muhim hisoblanadi.
Fotograflar materiallarni quyidagi shakllarda topshirishi mumkin:
USB fleshka orqali
Onlayn galereya orqali
Yuklab olish havolasi orqali
Tayyor bosma albom ko‘rinishida
Shuningdek, oldindan quyidagilarni aniqlashtiring:
Suratlarni qayta ishlash muddati
Video montaj muddati
Albom tayyorlash vaqti
8.Albom va bosma sifati qanaqa? Narxlar qancha?
Albom sifati xotiralaringiz qanday saqlanishini belgilaydi.
Shu sabab:
Albom namunalarini ko‘ring
Chop etish sifatini baholang
Qog‘oz turini so‘rang
Albom o‘lchamlarini bilib oling
Bundan tashqari quyidagilarni ham aniqlashtiring:
Paketga nechta oilaviy albom kiradi
Mini-albomlar bormi
Qo‘shimcha chop etish pullikmi
9. Suratlar qayta ishlangan holda topshiriladimi?
Ba’zi jamoalar barcha suratlarni qayta ishlangan holda topshiradi, boshqalari esa faqat tanlangan kadrlarni tahrir qiladi.
Shu sabab oldindan so‘rang:
Retush va Photoshop qilinadimi
Rang korreksiyasi bo‘ladimi
Qayta ishlanmagan suratlar beriladimi
Agar sizda ishlov uslubi bo‘yicha alohida istaklar bo‘lsa, buni ham oldindan aytish muhim.
10. Ish kunlari va dam olish kunlaridagi narxlar farq qiladimi?
To‘y suratga olish narxlari sana va bandlikka qarab o‘zgarishi mumkin.
Dam olish kunlari talab yuqori bo‘lgani sabab narxlar ham qimmatroq bo‘lishi mumkin.
Agar sana bo‘yicha imkoningiz bo‘lsa:
Ish kunlaridagi suratga olish variantlarini ko‘rib chiqing.
Shu orqali professional xizmatni yanada qulay narxda olishingiz mumkin.
