Qum soati qomati eng muvozanatli va proporsiyali qomat turlaridan biri hisoblanadi. Bunday qomatda yelka va son o‘lchamlari bir-biriga yaqin bo‘ladi, bel esa aniq va ingichka ko‘rinadi. Aynan shu uyg‘un siluet sababli bu qomat turi “qum soati” deb ataladi — yuqori va pastki qism muvozanatda, bel esa nozik ko‘rinadi.
To‘ladan kelgan ko‘krak, ingichka bel, qomatli sonlar va proporsiyali oyoqlar qum soati qomatining eng asosiy belgilaridan hisoblanadi. Shu sababli ko‘plab kelinlik modellari aynan shu qomatda juda chiroyli tushadi.
Qum soati qomatini qanday aniqlash mumkin?
Agar:
• beldan o‘tiradigan ko‘ylaklar sizga juda yarashsa;
• ham tor, ham hajmli yubkalarni bemalol ko‘tara olsangiz;
• V yoqa, qayiq yoqa yoki strapless modelllar sizda muvozanatli ko‘rinsa;
• qomat chiziqlari aniq, ammo uyg‘un ko‘rinsa —
sizda qum soati qomati bo‘lishi mumkin.
Bu qomat turining asosiy belgisi — yelka va son o‘lchamlarining bir-biriga yaqinligi, belning esa ularga nisbatan ancha ingichka ko‘rinishidir.
Qum soati qomati o‘lchamlari
Qum soati qomati deyilganda ko‘pincha 90-60-90 o‘lchamlari esga olinadi. Ammo bu yerda eng muhimi aniq raqamlar emas, balki qomatning proporsional ko‘rinishidir.
Masalan:
• 88-58-88;
• 94-60-94;
• 104-64-104 —
kabi o‘lchamlar ham qum soati qomati hisoblanadi. Chunki asosiy mezon yuqori va pastki qism o‘rtasidagi muvozanatdir.
Bunday qomat egalari vazn orttirganda ham odatda proporsiyalarini saqlab qoladi.
Qum soati qomatiga mos kelinliklar
Qum soati qomati deyarli barcha kelinlik modellari bilan uyg‘unlashadigan qomat turlaridan biridir. Chunki tabiiy proporsiyalar ko‘p bichimlarga mos tushadi.
Ayniqsa:
• baliq bichimdagi kelinliklar;
• A-siluet modelllar;
• V yoqali dizaynlar;
• kesimli kelinliklar;
• ikki qismli modelllar juda ta’sirli ko‘rinadi.
Sonlarni ajratib ko‘rsatadigan modelllar
Qum soati qomatining eng chiroyli jihatlaridan biri — qomatli son chiziqlaridir. Shu sababli baliq bichimdagi kelinliklar bu qomat turi uchun eng ideal variantlardan biri hisoblanadi.
To‘liq yoki yarim baliq bichimlar tana chiziqlarini nafis ajratib ko‘rsatib, juda ayollarga xos obraz yaratadi.
Bir vaqtning o‘zida ham nafis, ham ta’sirli obraz
Qum soati qomatiga ega kelinlar hatto sodda kelinliklarda ham juda e’tiborli ko‘rinadi.
Ayniqsa:
• uzun yengli baliq bichimdagi modelllar;
• qayiq yoqali dizaynlar;
• ochiq orqa qismli kelinliklar nafis va juda ta’sirli obraz yaratadi.
Old tomondan sodda ko‘ringan kelinlik ham ochiq orqa yoki uzun shleyf yordamida yanada yorqinroq ko‘rinishi mumkin.
Minimalistik kelinlik variantlari
Ortiqcha bezaksiz, ammo didli ko‘rinishni istagan kelinlar uchun sodda baliq bichimdagi kelinliklar juda yaxshi tanlov hisoblanadi.
Silliq matolar, toza bichim va qayiq yoqa detallari zamonaviy hamda doim актуал bo‘lib qoladigan uslub yaratadi. Ayniqsa minimalistik to‘y konseptlarida bunday modelllar juda mashhur.
Dekoltega urg‘u beradigan modelllar
Qum soati qomatida yuqori qism ham proporsiyali va ayollarga xos ko‘ringani sababli turli yoqa modellari juda mos tushadi.
Eng mashhur variantlar:
• V yoqa;
• yuraksimon yoqa;
• strapless modelllar;
• japone yoqa.
Bunday yoqalar yuqori qismni nafis ajratib ko‘rsatib, obrazga yanada ayollarga xos kayfiyat beradi.
