To‘yga tayyorgarlikdagi eng hayajonli va eng mazmunli bosqichlardan biri — uzuk va taqinchoq tanlashdir. Chunki olmos uzuk, alyans va kelin aksessuarlari shunchaki bezak emas, balki munosabatlaringizdagi eng muhim lahzalarni eslatib turadigan ramzdir.
Har bir taqinchoqning o‘z ma’nosi, o‘z vazifasi va o‘ziga xos o‘rni bor. Shu sabab tanlovda faqat tashqi ko‘rinishga emas, balki qulaylik, uslub va sizga qanchalik mos kelishiga ham e’tibor berish kerak.
Taklıfdan oldin: olmos uzuk tanlash
Taklıfnıng eng unutilmas detallaridan biri — bu, albatta, olmos uzuk.
Uzuk tanlashda faqat uning ko‘rinishigagina emas, balki quyidagilarga ham e’tibor berish kerak:
tosh kesimi
uzuk dizayni
kundalik taqishda qulayligi
juftingizning uslubi
Eng muhimi — uzuk sevgan insoningizning xarakteri va kundalik stiliga mos bo‘lishidir.
Masalan:
minimal uslubni yoqtiradiganlar uchun sodda modelllar
e’tiborli va yorqin taqinchoqlarni yoqtiradiganlar uchun yirik toshli variantlar yanada to‘g‘ri tanlov bo‘lishi mumkin.
Yana bir muhim jihat — uzuk o‘lchami. Uzuk nafaqat chiroyli, balki kundalik foydalanishda qulay ham bo‘lishi kerak.
Alyans tanlash
Alyans — turmush davomida har kuni taqiladigan eng muhim taqinchoqlardan biri.
Ko‘pchilik unashtirilgan davrda alyansni o‘ng qo‘lning nomsiz barmog‘iga taqadi, nikohdan keyin esa chap qo‘lga o‘tkazadi.
Alyans tanlashda quyidagilar muhim:
kundalik hayotda qulay bo‘lishi
yengil va noqulaylik tug‘dirmasligi
uslubingizga mos kelishi
yillar o‘tsa ham yoqib turishi
Bugungi kunda klassik modellardan tashqari quyidagi variantlar ham juda mashhur:
mat yuzali alyanslar
toshli modelllar
yupqa yoki qalin shakllar
zamonaviy dizaynlar
Lekin tanlovda faqat trendga emas, o‘zingizning didingiz va turmush tarzingizga mos variantga e’tibor qaratish ancha to‘g‘ri bo‘ladi.
Kelin taqinchoqlarini qanday tanlash kerak?
Kelin taqinchoqlari to‘y obrazining eng e’tiborli detallaridan biridir.
Sirg‘a, marjon, braslet yoki soch aksessuari tanlashda eng muhimi — ularning kelinlik bilan uyg‘unlashishi.
Masalan:
qayiq yoqali kelinliklarda katta marjon o‘rniga nafis sirg‘alar yaxshiroq ko‘rinadi
vintage uslubdagi kelinliklar bilan retro ruhidagi taqinchoqlar juda chiroyli uyg‘unlashadi
marvarid detallari bor kelinliklarga marvarid taqinchoqlar juda mos tushadi
Taqinchoqlar faqat qimmat yoki ko‘zga tashlanadigan bo‘lishi emas, balki butun obrazni to‘ldirishi muhim.
Bundan tashqari, soch turmagi va fata tanlovi ham aksessuar tanlashga bevosita ta’sir qiladi.
O‘zingizga mos tanlov qiling
Taqinchoq tanlashdagi eng muhim narsa — o‘zingizni qulay va ishonchli his qilishingiz.
Har qanday trend sizga mos tushmasligi mumkin. Shu sabab tanlovda doim quyidagilarni hisobga olish kerak:
o‘z uslubingizni
kelinlik fasonini
to‘y konsepsiyasini
Chunki haqiqatan ham chiroyli obraz — bu ortiqcha dabdaba emas, balki uyg‘unlik va tabiiylik hissidir.
