“Baliq dum”, fransuzcha o‘rim, gollandcha o‘rim, yunoncha uslubdagi o‘rimlar va hajmli o‘rimlar — bular kundalik hayotdagina emas, kelin soch turmaklarida ham eng nafis va hech qachon urfdan qolmaydigan variantlardan hisoblanadi.
O‘rimli soch turmaklari nafaqat chiroyli ko‘rinishi, balki sochlarga hajm va harakat berishi bilan ham kelinlarning eng sevimli tanlovlaridan biri. Ayniqsa boho, romantik, vintage va tabiiy uslubni yoqtiradigan kelinlar uchun o‘rim detallari deyarli ajralmas qismga aylangan.
To‘y kuni esa eng muhimi o‘rimning o‘zi emas, balki uning soch turmagi, kelinlik fasoni va aksessuarlar bilan qanday uyg‘unlashishidir.
Eng ommabop o‘rimli kelin soch turmaklari
Odatda o‘rim detallari quyidagi uch xil uslubda qo‘llanadi:
o‘rimli yig‘ilgan sochlar (tuguncha)
o‘rimli ochiq sochlar
o‘rimli dumcha (xvost)
To‘g‘ri model tanlashda yuz shakli, kelinlik yoqasi va to‘y o‘tkaziladigan joy albatta hisobga olinishi kerak.
O‘rimli yig‘ilgan kelin sochlari
Yig‘ilgan soch turmaklari allaqachon kelinlar orasida eng mashhur variantlardan biri. O‘rim detallari esa klassik tugunchaga yanada romantik, zamonaviy va jonli ko‘rinish beradi.
Ayniqsa quyidagi yopiq fasondagi kelinliklar bilan juda chiroyli uyg‘unlashadi:
qayiq yoqa
tik yoqa
yumaloq yoqa
halter uslubi
Bunday fasonlarda sochni yig‘ib turmaklash kelinlikdagi detallarni yanada yaxshi ochib beradi.
Ochiq fasonlarda esa:
l Strapless korset
l V shakldagi yoqa
l kvadrat yoqa
l U shakldagi yoqa bilan biroz erkinroq, yengil tarqoq o‘rimli tugunchalar juda nafis ko‘rinadi.
Yig‘ilgan soch yuzni to‘liq ochib bergani uchun bu uslub ayniqsa oval yuz shakliga juda yarashadi. Agar yuz chizgilaringiz nozik yoki yelkangiz ingichka bo‘lsa, o‘rimni ochiq sochdan ko‘ra yig‘ilgan variantda ishlatish obrazni yanada muvozanatli qiladi.
Ochiq havodagi to‘ylar uchun o‘rimli tugunchalar
Dala hovli, bog‘, plyaj yoki ochiq havodagi to‘ylarda yengil tarqoq o‘rimli tugunchalar juda tabiiy va romantik ko‘rinadi.
Bunday muhitda ayniqsa:
erkin o‘rimlar
yumshoq jingalaklar
biroz tarqoq tekstura
obrazni yanada jonli va tabiiy qiladi.
Hashamatli restoran yoki klassik to‘y zallarida esa ensada yig‘ilgan silliq o‘rimli tugunchalar ancha elegant va nafis ko‘rinadi.
O‘rimli ochiq soch turmaklari
Ochiq sochlarda o‘rim ko‘pincha quyidagi uslublarda ishlatiladi:
“vodopad” uslubidagi o‘rim
toj shaklidagi o‘ri
mayda aktsent o‘rimlar
Agar sochni ochiq qoldirishni rejalashtirsangiz, kelinlik fasoni bu yerda juda muhim. Masalan, yopiq yoqali yoki halter uslubidagi kelinlik bilan ochiq o‘rimli soch obrazni og‘irlashtirib yuborishi mumkin.
Bunday soch turmaklari eng yaxshi quyidagi fasonlar bilan uyg‘unlashadi:
Strapless
yelka ochiq fason
ingichka breteleli modelllar
chuqur V shakldagi yoqa
Ayniqsa boho yoki yunoncha uslubdagi kelinliklar bilan birga juda nozik va romantik obraz hosil qiladi.
O‘rimli dumcha soch turmaklari
O‘rimli dumcha — zamonaviy, minimalistik va yengil obrazni yoqtiradigan kelinlarning sevimli tanlovlaridan biri.
Eng ko‘p tanlanadigan variantlar:
“baliq dum” o‘rimli dumcha
old qismida o‘rimli detal bo‘lgan dumcha
past va biroz tarqoq o‘rimli dumcha
Bu uslublar ayniqsa uzun sochli kelinlarda juda ta’sirli ko‘rinadi. Shu bilan birga ular nafaqat chiroyli, balki juda qulay ham.
Agar old qismida o‘rim ishlatilsa, hajmliroq variantlarni tanlash yaxshiroq. Masalan, “baliq dum” uslubi ancha yaqqol va boy ko‘rinadi. Juda mayda o‘rimlar esa ba’zan kelin obrazida bilinmay qolishi mumkin.
O‘rimli kelin sochlarida aksessuar tanlash
O‘rimli soch turmaklariga eng mos aksessuar — bu tabiiy gullar. Chunki o‘rimlarning o‘zi romantik va tabiiy kayfiyat beradi.
Ayniqsa:
dala hovlidagi to‘ylar
plyajdagi marosimlar
fermа yoki rustic uslubidagi
to‘ylar uchun yangi gullar bilan bezatilgan o‘rimlar juda nafis va didli ko‘rinadi.
Klassik to‘ylar uchun esa quyidagilar ancha mos:
minimalist soch qisqichlari
marvarid detallari
mayin toshli aksessuarlar
Ular o‘rimli yig‘ilgan sochlar bilan juda chiroyli uyg‘unlashadi.
Toj shaklidagi o‘rimlar
Toj uslubidagi o‘rimlar ham kelin soch turmaklarining eng tabiiy va eng ko‘zga chiroyli variantlaridan biri hisoblanadi.
Bunday o‘rimlar o‘z sochidan yoki rangiga mos qo‘shimcha sochlar yordamida tayyorlanadi va ayniqsa:
Boho
yunoncha uslub
Vintage
kelinliklar bilan mukammal uyg‘unlashadi.
Natijada juda nozik, ayollarga xos va romantik obraz hosil bo‘ladi. Tashqaridan go‘yo “osongina yaratilgandek” ko‘rinsa ham, aslida bunday tabiiy ko‘rinish ortida stilistning ancha mehnati yotadi.
