To‘yga tayyorgarlik nafaqat kelin, balki kuyov uchun ham hayajonli va sermazmun davr hisoblanadi. Tashkiliy ishlar va bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar ba’zida stress ham keltirib chiqarishi mumkin. Kelin o‘z tayyorgarliklari bilan band bo‘lgan paytda, siz ham kuyov sifatida kostyum tanlashdan tortib to‘y kunidagi mayda detallarigacha ko‘plab masalalarni hal qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Xavotir olmang! Tayyorlov jarayonini sokın va yengil o‘tkazishingiz uchun qulay tayming-gid tayyorladik.
To‘ydan 4 oy oldin
Avvalo, o‘zingizga qaysi uslub yaqinroq ekanini aniqlab oling.
Smokin tanlaysizmi, klassik kostyummi yoki zamonaviyroq va noodatiy obraznimi?
Kataloglar, namunalar va trendlarni ko‘rib chiqib, qaysi variant gavdangiz va to‘y uslubiga mos kelishini tushunib oling.
Shuningdek, shu bosqichda quyidagilarni ham hal qilib qo‘yishingiz mumkin:
Galstuk yoki бабочка tanlash-
Qanday oyoq kiyim mos kelishi-
Qaysi aksessuarlar sizga to‘g‘ri kelishi — zaponka, soat va cho‘ntak ro‘molchasi
To‘ydan 3 oy oldin
Endi kostyum tanlashga jiddiy kirishish vaqti keldi.
Turli modellardagi kostyumlarni kiyib ko‘ring va qaysi fason hamda uslub sizga ko‘proq yarashishini aniqlang. Agar buyurtma asosida tiktirmoqchi bo‘lsangiz, hozirdanoq atelyeni tanlab, o‘lcham oldirishni boshlang.
Tayyor kostyum sotib olsangiz, tanaga ideal tushadigan modelni tanlang. Agar smokin ijarasini rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, to‘y sanasi uchun oldindan band qilib qo‘yishni unutmang.
To‘ydan 1 oy oldin
Kostyum allaqachon sotib olingan yoki tiktirilgan bo‘lsa ham, to‘ydan taxminan bir oy oldin oxirgi kiyib ko‘rish kerak.
To‘y oldidan vazn o‘zgarishi odatiy hol. Shu sababli kerak bo‘lsa tuzatish va moslashtirish ishlari uchun vaqt qoldirish muhim.
So‘nggi tayyorgarlik ishlari
To‘y kuni yaqinlashgani sari kichik, ammo muhim detallarni yakunlashni boshlang.
To‘y kostyumi va asal oyi kiyimlarini hımıchıska tozalashga bering-
To‘y mashinasi va yetib kelish vaqtini yana bir bor tasdiqlang
Ichki kiyim, paypoq, ro‘molcha va boshqa kerakli mayda buyumlarni tayyorlang
Kelin uchun kichik sovg‘a yoki yoqimli syurpriz tanlashni unutmang
Aynan shunday detallar to‘y kunini yanada unutilmas qiladi.
To‘ydan 1 kun oldin
Endi eng muhimi — hammasini yana bir bor tekshirib chiqish.
Soch oldiring, soqolingizni tartibga keltiring va o‘zingizga parvarish qiling. Shundan so‘ng kuyovlik to‘plamingiz to‘liq tayyor ekaniga ishonch hosil qiling.
Tekshirib chiqing:
Ko‘ylak
Galstuk yoki babochka
Kamar yoki podtyajka
Zaponka
Paypoq
Cho‘ntak ro‘molchasi
Boutonniere
Oyoq kiyim
Agar smokin ijaraga olingan bo‘lsa, olish vaqtini yana bir bor aniqlashtiring. Xarid qilingan bo‘lsa, to‘g‘ri o‘lcham tayyorlanganini tekshiring.
Shuningdek:
Qo‘shimcha ko‘ylak va ichki kiyim tayyorlab qo‘ying
Agar to‘ydan keyin darhol asal oyiga ketayotgan bo‘lsangiz, chamadonni oldindan yig‘ib qo‘ying
To‘y kuni uchun alohida sumka tayyorlang
Kerak bo‘ladigan barcha narsalar bitta sumkaga yig‘ilgan bo‘lsa, ancha qulay bo‘ladi. Ayniqsa tayyorgarlik mehmonxona yoki alohida xonada bo‘ladigan bo‘lsa, bu juda asqatadi.
Sumkaga quyidagilarni solishni unutmang:
Soch turmaklash vositalari
Atir
Soqol olish anjomlari va loson
Dezodorant
Soat
Oyoq kiyim va uni parvarish qilish vositalari
Ichki kiyim
Qo‘shimcha ko‘ylak va paypoq
Taqinchoqlar va sovg‘alar
Pul solinadigan konvertlar
Va eng muhimi — nikoh uzuklari!
Aytgancha, uzuklar kuyovlar eng ko‘p unutadigan narsalardan biri ekanini unutmang.
Mukammal obraz tayyorgarlikdan boshlanadi
To‘y kunida nafaqat zamonaviy, balki qulay va ishonchli his qilish uchun tayyorgarlikni oldindan va reja asosida olib borish muhim. O‘zingizga mos kostyumni tanlang va barcha detallarni avvaldan o‘ylab qo‘ying — shunda to‘y kuni faqat lahzalardan zavqlanish qoladi.
