Orzuingizdagi kelinlik libosini topishingizga juda oz vaqt qoldi. Ammo salonlarga borishdan oldin, to‘g‘ri tanlov qilish va ortiqcha stressdan qochish uchun bir nechta muhim jihatlarga e’tibor berish kerak.
Avval variantlarni o‘rganing
Kelinlik tanlashdan oldin turli fasonlar, brend kolleksiyalari va dizaynerlar ishlarini ko‘rib chiqing. Sizga yoqqan modelllarni saqlab boring va takrorlanayotgan detallarni kuzating — bu sizga aynan qaysi uslub yaqinligini tushunishga yordam beradi.
Qomatingiz xususiyatlarini biling
Ideal kelinlik — bu aynan sizning qomatingizni chiroyli ta’kidlaydigan libosdir. Qomat turini aniqlang: “qum soati”, “nok”, “olma”, “teskari uchburchak” yoki “to‘g‘ri to‘rtburchak”. Bu sizga eng mos fasonni tezroq topishga yordam beradi.
Budjetni oldindan belgilang
Kelinlik uchun qancha mablag‘ ajratishga tayyor ekanligingizni oldindan hal qiling. Narxlarni avvaldan o‘rganib chiqsangiz, o‘rtacha qiymatni tushunasiz va tanlov jarayonida ortiqcha hafsalangiz pir bo‘lmaydi.
Qidiruvni oldindan boshlang
Kelinlik izlashni to‘ydan taxminan 6 oy oldin boshlash eng ideal variant hisoblanadi. Ayniqsa individual tikuv rejalashtirilgan bo‘lsa, bu juda muhim. Shuningdek, moslashtirish va keyingi o‘zgartirishlar uchun ham vaqt kerak bo‘lishini unutmang.
O‘zingiz bilan juda ko‘p odam olib bormang
Juda ko‘p fikrlar sizni faqat chalg‘itishi mumkin. Eng yaxshisi — fittingga sizni yaxshi tushunadigan va samimiy maslahat bera oladigan 2–3 yaqin inson bilan borish.
To‘y o‘tkaziladigan joy uslubini hisobga oling
Kelinlik libosi to‘y muhiti va o‘tkaziladigan joy bilan uyg‘un bo‘lishi kerak.
Tabiat qo‘ynidagi to‘ylar uchun yengil va uchuvchan matolar mos keladi;
Restoran, banket zali yoki mehmonxona to‘ylari uchun esa hajmli va yanada dabdabali modelllar tavsiya etiladi.
Avval nisbatan arzonroq modelllarni kiyib ko‘rishni boshlang.
Dastlab budjetingizdan biroz pastroq bo‘lgan modelllarni kiyib ko‘ring. Bu sizga turli variantlarni solishtirish va qaysi fason sizga ko‘proq mos tushishini yaxshiroq anglash imkonini beradi.
Mato sifatiga alohida e’tibor bering
Kelinlikning qanchalik qimmat va chiroyli ko‘rinishi asosan mato va tikuv sifatiga bog‘liq. Libos tarkibida ipak qancha ko‘p bo‘lsa, uning sifati va narxi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Kelinliklar uchun eng mashhur matolar:
Satin;
Fatin;
Krujeva;
Organza;
Mikado;
Shantung;
Krep.
