To‘y obrazining eng muhim va eng ko‘p e’tibor tortadigan detallaridan biri — bu albatta kelin buketi. U shunchaki qo‘ldagi gullar emas. Buket kelinlikni to‘ldiradi, to‘y uslubini kuchaytiradi va butun obrazni bir kayfiyatga birlashtiradi. To‘g‘ri tanlangan buket kelin obrazini yanada nafis, qimmat va ta’sirli ko‘rsatishi mumkin.
Lekin mukammal buket tanlash uchun faqat Pinterest’dagi chiroyli rasmlarga qarashning o‘zi yetarli emas. Ko‘pchilik juda kech eslaydigan muhim detallar ham bor.
Quyida kelin buketini tanlashda albatta e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar haqida gaplashamiz.
Buket kelinlik bilan uyg‘un bo‘lishi kerak
Eng asosiy qoida — buket kelinlik bilan birga ishlashi kerak. U alohida “o‘z hayoti” bilan yashamasligi kerak.
Chunki buket:
deyarli barcha suratlarda ko‘rinadi;
nikoh marosimida asosiy aksessuarlardan biri bo‘ladi;
va to‘y davomida doim diqqat markazida turadi.
Shu sabab quyidagilar bir-biriga mos tushishi muhim:
gullar ranglari;
lenta va bezaklar;
buket tutqichi;
umumiy uslub.
Masalan:
romantik krujevali kelinliklarga odatda yumshoq va nafis kompozitsiyalar ko‘proq yarashadi;
zamonaviy minimalistik kelinliklarga esa sodda va ixcham buketlar ancha stilniy ko‘rinadi.
Eng yaxshi variant — florist bilan uchrashuvga kelinlik rasmini, imkon bo‘lsa mato namunasini ham olib borish. Shunda buket alohida chiroyli emas, balki umumiy obraz bilan uyg‘un chiqadi.
Buket to‘y uslubiga mos bo‘lishi kerak
To‘y konsepsiyasi buket tanloviga juda katta ta’sir qiladi.
Har bir to‘yning o‘z atmosferasi bo‘ladi va buket ham aynan shu kayfiyatning bir qismi bo‘lishi kerak.
Masalan:
dengiz yoki beach-style to‘ylarda tabiiy ranglar, ko‘k lentalar va yengil dekor juda mos tushadi;
hashamatli mehmonxona to‘ylarida marvaridli yoki kristalli kompozitsiyalar chiroyli ko‘rinadi;
rustic yoki tabiatdagi to‘ylarda dala gullari va tabiiy shakllar ayniqsa mos keladi;
zamonaviy city-style to‘ylarda esa minimalist va sodda buketlar juda estetik chiqadi.
Buket to‘y konsepsiyasiga mos tushganda, butun wedding visual ancha professional va uyg‘un ko‘rinadi.
Buket soch turmagi bilan ham mos bo‘lishi kerak
Ko‘pchilik kelinlar unutadigan eng muhim detallardan biri — bu soch turmagi va buket uyg‘unligi.
Aslida aynan shu kombinatsiya obrazni yanada professional va o‘ylangan ko‘rsatadi.
Masalan:
agar silliq yig‘ilgan kokil yoki klassik soch turmagi tanlangan bo‘lsa, biroz erkin va tabiiy buketlar juda chiroyli kontrast beradi;
boho uslubidagi yoki yoyilgan sochlarda esa dala gullaridan iborat tabiiy buketlar mukammal ko‘rinadi.
Yana bir juda chiroyli detal — soch aksessuarlaridagi elementlarni buketda ham takrorlash:
marvarid;
toshlar;
metall bezaklar;
mayda dekorlar.
Shunday kichik detallar obrazni juda qimmat va bir butun ko‘rsatadi.
Aynan mayda detallar obrazni “qimmat” ko‘rsatadi
Ko‘pincha eng kuchli effekt aynan kichik detallardan paydo bo‘ladi.
Agar kelinlikda:
marvarid;
kashta;
boncuk;
dekorativ kamar bo‘lsa,
ularni buketda ham mayin tarzda takrorlash mumkin.
Masalan:
tutqich bezagida;
lentada;
mayda dekor elementlarida.
Bu obrazni tasodifiy emas, o‘ylangan va stilistik jihatdan yig‘ilgan ko‘rsatadi.
Va albatta:
onalar uchun gullik brasletlar;
kuyov va yaqinlar uchun boutonniere;
mayda gul aksessuarlari —
ham umumiy atmosferani juda chiroyli kuchaytiradi.
Ranglardan qo‘rqmang
Oq va pastel rangdagi buketlar — klassika. Ular har doim актуал bo‘lib qoladi. Lekin oxirgi yillarda yanada yorqin va jasur rangdagi buketlar ham juda trend bo‘lib bormoqda.
Ayniqsa yorqin ranglar sodda kelinlik bilan birlashganda juda stilniy kontrast beradi.
Lekin “jasur buket” degani har doim katta va haddan tashqari dabdabali degani emas.
Ba’zan:
monoxrom kompozitsiyalar;
minimalist shakllar;
tabiiy ranglar —
ortiqcha bezatilgan variantlardan ancha qimmat va zamonaviy ko‘rinadi.
Eng muhimi — buket sizning xarakteringizni va to‘yingiz atmosferasini aks ettirishi kerak.
