Asal oyini rejalashtirayotganda bir tomondan hayajon va quvonchni his qilasiz, boshqa tomondan esa budjetni to‘g‘ri boshqarish ham muhim bo‘ladi. Orzuingizdagi romantik sayohatni rejalashtirishda moliyaviy barqarorlikni saqlash oilaviy hayotni yanada yengil va xotirjam boshlashingizga yordam beradi
Asal oyi budjetini rejalashtirishni osonlashtiradigan muhim jihatlarni siz uchun jamladik
Eng avvalo shuni unutmang:
Asal oyida nafaqat qayerda dam olishingiz, balki bu vaqtni kim bilan o‘tkazishingiz ham muhim.
To‘y, yangi uy jihozlari va boshqa xarajatlar sabab orzuingizdagi manzilga darhol bora olmasligingiz mumkin. Ammo eng muhimi — asal oyini unutilmas qiladigan narsa qimmat mehmonxonalar yoki ekzotik davlatlar emas, balki sevgan insoningiz bilan birga o‘tkazadigan ilk kunlaringizdir.
Yoningizda sevgan insoningiz bo‘lsa, hatto eng oddiy sayohat ham umr bo‘yi yodingizda qoladigan xotiraga aylanishi mumkin.
Rejalashtirishni oldindan boshlang
To‘y bilan bog‘liq asosiy xarajatlar aniq bo‘lgach, asal oyini rejalashtirishga o‘tish vaqti keladi.
Avvalo:
Sayohat uchun umumiy budjetni belgilang
Jamg‘armalaringizni baholang
Oila tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yordamni hisobga oling
Dam olish rejalaringizni imkoniyatlaringizdan kelib chiqib baholang
Erta bron qilish orqali nafaqat ko‘proq variantlarni topishingiz, balki budjetni ham sezilarli darajada tejashingiz mumkin.
Barcha xarajatlarni oldindan yozib chiqing
Budjetdan chiqib ketmaslik uchun xarajatlarni toifalarga ajratib rejalashtirish muhim.
Asosiy xarajatlar odatda quyidagilar bo‘ladi:
Aviachiptalar yoki yo‘l xarajatlari
Mehmonxona
Ovqatlanish
Ekskursiya va ko‘ngilochar joylar
Xaridlar
Kutilmagan xarajatlar
Oilaviy hayotni moliyaviy bosim bilan boshlamaslik uchun istaklar va real imkoniyatlar o‘rtasidagi muvozanatni oldindan o‘ylab qo‘yish muhim.
Muhim jihat:
Variantlarni qanchalik erta izlashni boshlasangiz, yaxshi narx va foydali takliflarni topish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Erta bron qilish va aksiyalarni kuzatib boring
Sayohat sanalarini aniqlagach, tanlagan yo‘nalishingizdagi mavsumiy holatni albatta o‘rganing.
Ayniqsa mashhur kurort hududlarida quyidagilarga e’tibor bering:
Mehmonxonalar bandligi
Erta bron qilish chegirmalari
Yangi turmush qurgan juftliklar uchun maxsus takliflar
Erta bron qilish nafaqat mablag‘ni tejaydi, balki eng yaxshi variantlarni tanlash imkonini ham beradi.
Turfirmalar xizmatidan foydalaning
Mamlakat ichida yoki xorijda dam olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz ham, turagentliklar ba’zan ancha tejamkor variantlarni taklif qilishi mumkin.
Turistik kompaniyalar ko‘pincha:
Mehmonxonalar
Aviakompaniyalar
Transfer xizmatlari bilan maxsus hamkorlik asosida ishlaydi.
Shu sababli ular mustaqil ravishda alohida bron qilishdan ko‘ra foydaliroq paketlarni taklif qilishi mumkin.
Bundan tashqari, barcha tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri kelmaydi va sayohatga tayyorgarlik jarayoni ancha yengil o‘tadi.
Kutilmagan xarajatlar uchun alohıda budjet ajrating
Asal oyi davomida rejalashtirilmagan xarajatlar paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli holatlar uchun alohida qo‘shimcha budjet ajratish muhim.
Tavsiyalar:
Yoningizda biroz naqd pul olib yuring-
Qo‘shimcha bank kartasini o‘zingiz bilan oling-
Qimmatbaho buyumlarni mehmonxona seyfida saqlang-
Agar xorijga chiqayotgan bo‘lsangiz, sayohat sug‘urtasini rasmiylashtiring
Shunday oddiy ehtiyot choralari asal oyingizni yanada xavfsiz, qulay va xotirjam o‘tkazishga yordam beradi.
