2026-yilda kelin obrazlarida tabiiylik, nafislik va sokin estetika asosiy o‘ringa chiqadi. Klassik soch turmaklari va makiyaj yanada zamonaviy hamda yengil ruhda talqin qilinib, nozik va didli obrazlar mavsumning asosiy trendiga aylanmoqda.
Elegant minimalist turmaklar
Sodda, ammo juda ta’sirli yig‘ilgan soch turmaklari — baland yoki past shaklda bo‘lishidan qat’i nazar — bu mavsumning eng mashhur trendlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ularni nozik o‘rimlar yoki silliq va nafis teksturalar bilan boyitib, obrazni yanada ifodali qilish mumkin.
Kimlarga mos?
O‘rta va uzun sochli kelinlarga. Nafis taqinchoqlar bilan uyg‘unlashganda, bunday turmak ayniqsa zamonaviy va nozik ko‘rinadi.
Hollywood to‘lqinlari
Klassik to‘lqinlar zamonaviy talqinda yana trendga qaytmoqda. O‘rtadan ajratilgan turmak yuz chiziqlarini chiroyli korsatib, vaqtga bo‘ysunmaydigan nafis va ayollarga xos obraz yaratadi.
Kimlarga mos?
Vintage estetikasini va nafis uslubni yoqtiradigan, ayniqsa uzun sochli kelinlarga.
Balletcore uslubidagi dum
Balet estetikasi ilhomlantirgan ushbu soch turmagi nafis, romantik va juda nozik ko‘rinadi. Bunday turmak marvarid detallari, lentalar va boshqa mayin aksessuarlar bilan mukammal uyg‘unlashadi.
Kimlarga mos?
Ayollarga xos va elegant uslubni yoqtiradigan, ayniqsa ochiq orqa qismli libos tanlaydigan kelinlarga.
Aksent aksessuarlari bilan silliq sochlar
Tekis sochlar diadema, marvarid, gullar yoki toshli soch qisqichlari yordamida yanada yorqin va ifodali ko‘rinishga ega bo‘ladi. Sochlarni ochiq qoldirish yoki turli shaklda yig‘ish mumkin — bunda obrazning yengilligi va tabiiyligi saqlanib qoladi.
Kimlarga mos?
Uzun sochli kelinlar hamda erkin va sodda uslubni yoqtiradiganlar uchun.
Tabiiy va yaltirab turuvchi makiyaj
Yengil ton, tabiiy ranglar va nozik yaltirash yuz chiziqlarini muloyim ta’kidlab, yangi va uyg‘un obraz yaratadi.
Kimlarga mos?
Tabiiy go‘zallik tarafdori bo‘lgan va ochiq havodagi to‘yni rejalashtirayotgan kelinlarga.
Monoxrom makiyaj
Ko‘z, yonoq va lablarda bir xil rang gammasidan foydalanish uyg‘un, yaxlit va elegant obraz yaratadi. Bunday makiyaj sokin, zamonaviy ko‘rinadi va har doim dolzarbligini saqlab qoladi.
Kimlarga mos?
Minimalistik uslubni yoqtiradigan va nozik, uyg‘un hamda nafis obraz yaratishni istaydigan kelinlarga.
Qizil pomada va strelka
Klassik uslubni sevuvchilar uchun qizil lab bo‘yog‘i va ifodali layner uyg‘unligi hanuzgacha eng ta’sirli va har doim dolzarb tanlovlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Kimlarga mos?
Yorqin, ishonchli va vaqtga bo‘ysunmaydigan elegant obrazni istaydigan kelinlarga.
